Afg‘onistonning Hayraton shahridagi konsullik muassasida faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatlar O‘zbekistonga olib kelindi. Ushbu ehtiyot chorasi «Tolibon» kuchlarining Afg‘onistonning shimoliy hududlariga kirib kelishi ortidan qo‘llanildi.
«Tolibon» harakati vakillari Afg‘onistonning Qandahor shahriga kirishdi. Avval shaharning markaziy qamoqxona, so‘ng bozor hududida janglar bo‘lib o‘tgani aytilmoqda. Bir necha tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va yaralangan.
Moskvada Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili va «Tolibon» harakati delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. «Tolibon» Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi buzilmasligiga, Afg‘oniston hududida xorij davlatlarining diplomatik va konsullik vakolatxonalari xavfsizligi bo‘yicha kafolat berdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoliga bergan intervyusida Afg‘onistondagi vaziyat, ushbu mamlakatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqaruv shakli, «Tolibon»ning maqsadlari haqida so‘zladi, shuningdek, O‘zbekistonning optimistik munosabati va nima uchun shaxsan o‘zi «Tolibon»ni terroristik tashkilot emas deb hisoblashiga izoh berdi.
«Tolibon» Turkiyadan o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketishni talab qildi. Harakat shu tarzda NATO o‘z qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi ortidan Anqaraning Qobul aeroportini muhofaza qilish yuzasidan bergan taklifiga munosabat bildirdi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonga qo‘shni davlatlarni o‘z hududiga chet el qurolli kuchlarini joylashtirmaslikka chaqirdi. «Biz o‘z yerimizdan boshqalar xavfsizligiga qarshi foydalanilmasligini bir necha marta ma’lum qildik va boshqalarni ham o‘z yerlari va havo hududlaridan mamlakatimizga qarshi foydalanmaslikka chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.
AQSH va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi, Qorabog‘dagi fojiada Armanistonning 4 mingga yaqin askari halok bo‘lgani, Daniyaning AstraZeneca vaksinasidan butunlay voz kechgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Myanmada harbiylar yangi saylovlardan so‘ng hokimiyatni topshirishi, Eron va Xitoyning 25 yillik hamkorlik shartnomasi, AQSHning “Bir makon, bir yoʻl"ga muqobil yaratishni taklif qilgani va boshqa yangiliklar — “Gazeta.uz"ning jahon yangiliklari dayjestida.
Tolibonlarning AQSH tinchlik rejasini rad etishgani, Xitoyning Gongkong to‘g‘risidagi bayonoti uchun G7 davlatlariga norozilik bildirgani, Yevropa Komissiyasining Buyuk Britaniya ustidan Breksit bitimini bajarmaganligi uchun yuridik jarayonini boshlagani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Qozog‘istonda korrupsiyada ayblangan amaldorlarni ko‘cha tozalash orqali jazolash taklif qilingani, Xitoyda davlat kompaniyasi sobiq rahbarining korrupsiya va xotinbozlik uchun qatl etilgani, AstraZeneca vaksinasini 65 yoshdan oshganlarga qo‘llamaslik tavsiya qilingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
O‘zbekiston Afg‘oniston Maslahat loya jirg‘asining 400 nafar tolib-mahbusni ozod qilish to‘g‘risidagi qarorini olqishlashini ma’lum qildi. Afg‘onlararo muzokaralari shu hafta ichida boshlanishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting